
Virts kelajagini hal qilishi kerak!
"Bayer" klubi yarim himoyachisi Florian Virts kelajagi borasidagi qarorini 10 kun ichida ma’lum qiladi.
Ikki mavsumdan buyon "farmatsevtlar" etakchisiga aylangan futbolchi, sevimli klubi bilan xayrlashmoqda. 22 yoshli futbolchi Leverkuzen klubini tark etishini e’lon qilganidan so‘ng unga ko‘plab grand klublardan takliflar kelib tushgan edi.
Qayd etilishicha, Virts "Bavariya" va "Liverpul" klublaridan birini tanlashi mumkunligi aytilmoqda. Futbolchining Transfermarktdagi narxi 140 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, germaniyalik iqtidor ushbu mavsum barcha turnirlarda, 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 15 ta golli uzatmani xisobiga yozdirib qo‘ygan.
Ulug‘bek Hoshimov
Fikrlar