“Vohaning zo‘ri kim?”, “Hayot guruhi” va Murakkab ahvolda qolgan “Navbahor! O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida bizni qanday o‘yinlar kutmoqda?

  • 8 mart, 2023, 12:08
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlanganidan xabaringiz bor. Xo‘sh, kvartetda qanday e’tiborga molik qarama-qarshiliklar bizni kutib turibdi? Bugun, guruhlardagi vaziyat va jamoalarning imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Tecno

A guruhi

“Andijon SGS”, “Gijdivon”, OKMK, (Saralashning 1 g‘olibi)

a guruhi

Hali guruh to‘liq bo‘lmasada, Shoxruh Ishanov boshqaruvidagi “Andijon SGS”ni o‘yinlarini tomosha qilish ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi aniq. Shuningdek, “G‘ijduvon” ham kubok o‘yinlarida keyingi bosqichga yo‘l olish uchun kurashib ko‘radi. Har holda, Pro Liga vakillarida keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yaxshi imkoniyat bor. Saralashdan katta ehtimol bilan birinchi liga vakili chiqib kelishini taxmin qilsak, ikkinchi o‘rin uchun kurash aynan ular o‘rtasida bo‘lishi mumkin. OKMK esa, “A” guruhining yaqqol favorit.

B guruhi

“Surxon”, “Mash’al”, “Qo‘qon 1912”, “Nasaf”

b guruhi

3 voha klubi qurshovida qolib ketgan “Qo‘qon 1912”ni qanday holatda ekanligini ko‘rib olish uchun ideal imkoniyat. Ikki Superliga va yana shuncha Pro Liga vakillari jam bo‘lgan guruhda ikkinchi o‘rin uchun jang super darajada bo‘lishi aniq. O‘z-o‘zidan “Nasaf” qog‘ozda yaqqol etakchi ekanligi kundek ravshan. Xo‘sh, Tokov, e yo‘g‘e Arslanov qo‘l ostidagi “Surxon” Pro Liganing anchagina dadil jamoalariga qarshi o‘yinda o‘zini qanday tutadi? Mana shu savolning javobini topish uchun ham “B” guruhini muntazam kuzatib borishga to‘g‘ri keladi.

C guruhi

“Metallurg”, “Unired”, “Unired”, “Bunyodkor”

C guruhi

Bechora “Unired”ga qur’a anchagina omadsiz keldi. Bir yo‘la 3 ta Superligadagi klublar bilan “jang” qilishga to‘g‘ri keladi. Boz ustiga, uch raqib ham elitadagi katta nomlardan sanaladi. “Bunyodkor” yangi murabbiy qo‘l ostida yaxshi debyut qilgan bo‘lsa, “Neftchi” sovrinli o‘rinlar uchun “jang” qilishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlanmoqda. Hatto, “Metallurg” ham 3 o‘yindan iborat guruh bosqichida furor ko‘tarishi mumkin. Shunday ekan, katta ehtimol bilan bu kvartetdan keyingi bosqichga Superliga vakillari yo‘l oladi chog‘i.

D guruhi

“Buxoro”, “Turon”, “Yangier”, “Sho‘rtan”

D guruhi

Yangi mavsumni o‘zaro o‘yin bilan ochib olgan “Buxoro” va “Turon” kubokda ham to‘qnash keladi. O‘tgan mavsumda Pro Ligani yondirgan jamoalarni yana bir qarama-qarshilik kutib turibdi. Shuningdek, birinchi ligaga “badarg‘a” qilingan “Yangier” va Pro Ligada a’zosi – “Sho‘rtan” jamoalari to‘qnashuvi ham ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolmasligi aniq. “Turon” va “Buxoro” guruh g‘olibligi uchun asosiy da’vogar. Qolganlar kuchi etgancha “jang” taklif qilishi mumkin, ammo kuchlar teng emasdek tuyulmoqda. Yana bilmadim. Barchasini vaqt ko‘rsatadi.

E guruhi

“Dinamo”, “Qizilqum”, “Lokomotiv”, “Zomin”

E guruhi

Mana buni haqiqiy “bolta-chopqi” guruh desak, adashmagan bo‘lamiz. Birinchi liga tomonlarga “arazlab” ketgan “Zomin”ning keyingi bosqich uchun imkoniyatlari juda past, ammo qolgan uchlik deyarli bir xil holatda. To‘g‘ri, “Qizilqum” bir qarashda elitada bo‘lgani uchun favoritdek ko‘rinadi, ammo aslida barchasi boshqacha yakunlanishi hech gap emas. Vadim Abramov va Denis Koristichenko boshqaruvidagi jamoalarini kayfiyati a’lo. Navoiyliklardan farqli o‘laroq, ularni tarkibi o‘zgarishlarsiz saqlab qolingan. Jamoaviy o‘yin bobida ham pastdagi ikki klub “Qizilqum”ga muammo tug‘dirishi aniq. Shunday ekan, bu guruhda bir yo‘la ikki Pro Liga vakili pley-off yo‘llanmasiga ega chiqsa, hayron bo‘lib yurmang.

F guruhi

“Andijon”, “Olimpik”, “Navbahor”, (Saralashning 2 g‘olibi)

F guruhi

Ochig‘i saralashda g‘alaba qozonib guruh bosqichiga yo‘l olgan ikkinchi jamoaga havas qilib bo‘lmaydi. Bir emas, 3 ta katta ambitsiyaga ega Superliga klublari qo‘lda qurol bilan uni kutib olishi aniq. Xo‘sh, bu kvartetda kim favorit? Qiziq savol. Chempionat startini 3 klub ham a’lo darajada boshladi. Transfer kompaniyasini ham birdek faol o‘tkazdi. Deyarli bir xil imkoniyatga ega. Shunga qaramay, “Navbahor” bu guruhda birinchi o‘rin uchun asosiy da’vogardek tuyulmoqda. “Andijon” va “Olimpik” pley-offga beriladigan ikkinchi yo‘llanma uchun ayovsiz kurash olib borishini ehtimoli yuqori. Har holda hozirgi holatdan kelib chiqib qilingan taxmin shunday. Musobaqaga bo‘lgan munosabat qaysidir jamoada o‘zgarsa, bu natijaga ham ta’sir qilmay qolmaydi.

G guruhi

“Aral”, “Do‘stlik”, “Paxtakor”, “Sug‘diyona”

G guruhi

Qoraqalpog‘istonning Pro Ligadagi vakilidan bu mavsumda ko‘p narsa kutilayotgani rost. Shuningdek jamoaviy o‘yinni hush ko‘ruvchi “Do‘stlik” uchun ham yaxshigina tajriba orttirish imkoniyati tug‘ildi. Sababi, bu guruhda O‘zbekiston futbolidagi eng sovrindor jamoa – “Paxtakor” bor. Qo‘shimchasiga, “Sug‘diyona” ham yangi jamoalar uchun master klass o‘tab berishi mumkin. “Aral” va “Do‘stlik” uchun maktab vazifasini o‘tab beruvchi “G” guruhida “kattalar” pley-off yo‘llanmasi uchun keskin qarshilikka uchramasa kerak.

H guruhi

“Shahrihonchi”, “Paxtakor 79”, “Xorazm”, “Lokomotiv BFK”

H guruhi

Chinakam “hayot” guruhi! Shunisi aniq-ki, Pley-offga 1 liga vakili aniq chiqadi. “Shahrixonchi” “Paxtakor 79” va “Lokomotiv BFK” o‘rtasida 2 o‘rin uchun kurash qay darajada kechishini tasavvur qilyapsizmi? Boz ustiga, “Xorazm” hozir ancha qiyin moliyaviy ahvolda ekanligini hisobga olsak, bir emas ikki 1 liga a’zosi keyingi bosqichda ishtirok etishi mumkin. Bizni H guruhida tomoshabob futbol kutib turibdi. Yaqqol favorit yo‘qligi sababli so‘nggi kvartetda intriga qolganlaridan ko‘proq ekanligi sezilmoqda.

jig4jgi34g

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Elbrus
09/03/2023 13:43
ARAL