Xabi Alonso "Bayer" tarixida yangi sahifa ochdi!

  • 30.10.2023 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabi Alonso boshchiligidagi "Bayer" barcha musobaqalarda qatorasiga 8ta o‘yinda g‘alaba qozondi. Bu 1979 yildan buyon, yana jamoa Bundesligaga chiqqanidan beri klubning rekord natijasi hisoblanadi.

Ispaniyalik mutaxassis bu borada Klaus Toppmyollerning rekordini ortda qoldirdi. Ta’kidlash kerakki, Toppmyoller boshqaruvi davomida "dorishunoslar" 2001/02 yilgi mavsumda 7 o‘yindan iborat g‘alabali seriyaga erishgan. Xabi Alonso ushbu natijani o‘tgan mavsumdayoq takrorlagan edi (ketma-ket 7 g‘alaba).

Eslatib o‘tamiz, “Bayer” ortda qolgan 9 turdan keyin Bundesliga turnir jadvalida “Bavariya”dan 2 ochko ko‘p jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda. Leverkuzenliklar kecha "Frayburg"ni mag‘lub etishdi (2:1).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!