Xavi: "G‘alabaga haqli edik"

  • 28 oktabr, 2023, 21:54
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" la Liganing 10-turida "Real"ni o‘z maydonida qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin Xavi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"O‘ylaymanki, bugun g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdik, lekin mag‘lub bo‘ldik.  Bu yomon natija. Ammo yaxshi o‘ynadik. Maqsadimiz - ligada g‘olib chiqish. Kiyinish xonasida yigitlar penalti haqida gapirishmoqda. O‘sha vaziyatni ko‘rmadim. Hakam mag‘lubiyatimizga sababchi emas. O‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmaganimiz uchun yutqazdik", - dedi ispaniyalik mutaxassis. 

"Barselona" ushbu mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini "Real"dan qabul qilib oldi. Endilikda klub turnir jadvalida 3-o‘ringa tushib ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!