Xoland: Bu – fojea!

  • 15 may, 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland joriy mavsumga baho berdi. Ma’lumki, “shaharliklar” o‘yinida noyabr va dekabr oylarida jiddiy inqirozi kuzatildi va buning oqibatida jamoa to‘rt yil o‘zida saqlab kelgan chempionlik unvonini “Liverpul”ga boy berdi.

Tecno

- “Manchester Siti” o‘ziga nihoyatda baland talab qo‘ygan edi va shu standartlardan kelib chiqsak, joriy mavsumdagi natijalar – fojea! Ko‘rsatkichlar buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Kelasi mavsumda biz o‘zimizda yana ichki olovimizni yoqishimiz, musobaqalardan boshidan hujumkorlikni oshirib borishimiz talab etiladi, - dedi Erling Xoland.

Xoland joriy mavsum barcha turnirlarda 41 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!