Xoland hammani ortda qoldirdi
2026 yilning yozida futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatiga birdaniga uch mamlakat – AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
Evropa mamlakatlari bo‘lajak mundial yo‘llanmalari o‘ynalgan mintaqaviy sarash turnirini yakunladi va “ko‘hna qit’a”dan eng nufuzli futbol musobaqasida qatnashadigan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Saralash turniri to‘purarlar poygasida Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland g‘olib chiqdi. “Manchester Siti” vakili saralashning sakkizta o‘yinida raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi va ikkita golli pas uzatdi.
Keyingi o‘rinda qayd etilgan Niderlandiya terma jamoasi forvardi Memfis Depay sakkizta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi. Avstriyalik Marko Arnautovich hisobida sakkizta gol va bitta golli pas bor.
Angliya terma jamoasi etakchisi Harri Keyn ham raqiblar darvozasiga sakkiz marotaba yo‘l topgan. Biroq tajribali forvard birorta golli pas uzatmagani uchun samaradorlik reytingida to‘rtinchi pog‘onada qoldi.
Kuchli beshlikni Ispaniya terma jamoasida oltita gol urib, jamoadoshlariga to‘rtta golli vaziyat yaratib bergan Mikel Oyarsabal yakunlab berdi.
Fikrlar