
Xoland "Manchester Siti"dagi yubiley golini kiritdi
“Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland bugun bo‘lib o‘tayotgan “Arsenal”ga qarshi APL 5-tur uchrashuvida gol urdi. Shu tariqa, Xoland “shaharliklar” safida kiritgan gollari sonini 100 taga etkazib oldi. Bu ko‘rsatkichga erishish uchun Erling Xolandga 105 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 180 million evroni tashkil etadi. Xolandning “Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda Xoland “Manchester Siti” tarkibida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi. U "Manchester Siti" safiga 2022 yilning yozida "Borussiya D"dan kelib qo‘shilgan.
Fikrlar