Xoland o‘ziga jamoa tanladi

  • 28.11.2021 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Borussiya” to‘purari Erling Xoland yozda jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. Norvegiyalik hujumchiga Evropaning eng qudratli klublari og‘iz solmoqda.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, Xolandning o‘zi “Real”ga o‘tishni istayapti. Chunki 21 yoshli futbolchi do‘stlariga o‘ziga Madridga ko‘chib o‘tish varianti ma’qul kelganini oshkor qilgan. Uning do‘stlari bu sirni uzoq vaqt saqlay olmadi.

Ayni paytda Xoland jarohatini davolatmoqda. Shifokorlar hujumchi jiddiy shikastlanganini va kelasi yilgacha maydonga tusha olmasligini aytgan.

Erling Xoland “Zaltsburg”dan “Borussiya”ga o‘tganidan keyin dortmundliklar safida Bundesligada  jami 49 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 49 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!