Xoland o‘zini -200 gradusda muzlatmoqchi

  • 5 oktabr, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi  Erling Xoland o‘zi yashayotgan uyiga 50,000 funtga kriokamera o‘rnatdi.

Tecno

Norvegiyalik to‘purarning bunday qarorga kelishiga o‘yinlardan so‘ng tez tiklanish istagi sabab bo‘ldi. Xoland jismoniy holatiga alohida e’tibor qaratishi bilan ham boshqalardan ajralib turadi.

Odatda, kriokameralar mashg‘ulot bazalari, tibbiy klinikalar va kosmetika markazlarida o‘rnatiladi.

Kriokamerada harorat 200 gradus sovuq bo‘ladi va undan uzog‘i bilan besh daqiqa foydalanish mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu uskuni organizm to‘qimalarining tez tiklanishiga katta yordam beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!