
Xoland qaytmoqda!
“Manchester Siti”ning eng zo‘r to‘purari Erling Xoland jarohati tufayli ham bir oydan oshiq vaqt mobaynida jamoaga yordam bera olmadi.
Norvegiyalik hujumchi jarohatidan qutilgani va tez orada maydonga qaytishi haqida shaxsan Xosep Gvardiolaning o‘zi ma’lum qildi.
- Erling mashg‘ulotlar davomida kichikroq yuklamalar bilan ishlay boshladi. So‘nggi mashg‘ulotlarda deyarli oxirigacha ishladi. Borgan sari o‘zini yaxshi his qilyapti. Mavsumning oxiridagi o‘yinlarda jamoaga yordam berishiga umid qilyapmiz, - dedi Xosep Gvardiola.
Xoland joriy mavsumda barcha turnirlarda 40 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 30 ta gol va to‘rtta assist rasmiylashtirib qo‘ygan edi.
Fikrlar