Xoland Ronalduga etib oldi

  • 20.12.2025 20:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

APLning 17-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Vest Xem" uchrashuvida Erling Xoland hisobni ochdi. Hujumchi 6-daqiqada "bolg‘achilar" darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shu tariqa, Erling APLdagi gollari soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduga etib oldi. Ikkala futbolchi hisobida ham 103 tadan gol mavjud. 

Norvegiyalik hujumchi bu natijaga erishish uchun 122 ta o‘yin sarfladi. Ronaldu esa 236 ta uchrashuvda 103 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!