
Xoland yangi biznes boshladi
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland futboldan, mashhurligi orqali reklama va homiylardan topayotgan daromadi bilan cheklanmoqchi emas.
Norvegiyalik forvard yangi biznes ochishga qaror qildi. Uyg‘uni yaxshi ko‘radigan futbolchi tungi kiyim – pijama ishlab chiqaradigan korxonasini ochmoqda.
The Sun nashrining ma’lum qilishicha, norvegiyalik futbolchi yangi brendni o‘z nomi bilan atadi va EHB markasiga patent oldi.
Erling Xoland pijamalarni xush ko‘rishini yashirmaydi. U bu turdagi kiyimlar insonga qulaylik berishini ta’kidlab keladi.
23 yoshli futbolchi 2023 yilda jami 60 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ellik marta aniq nishonga oldi.
Fikrlar