Xolandga tan berganman!

  • 13.10.2025 07:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasi to‘purarlar poygasida “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandni ta’qib qilayotgan “Bornmut” futbolchisi Antuan Semeno raqobatchisining zo‘rligini tan oldi.

Xoland – birinchi raqamli to‘purar. Uning urayotgan gollarini ko‘rib, “Bunaqasi hayotda bo‘lmasa kerak”, degan xayolga boradi odam. Bo‘y-basti, qaddi-qomatini aytmaysizmi?!

Bo‘yi baland, jismonan baquvvat, harakati tezkor va gol urishni biladi. Erling hujumchiga kerakli xususiyatlarning barchasini o‘zida mujassam etgan, - dedi Antuan Semeno.

APLning joriy mavsumida norvegiyalik hujumchi o‘z hisobiga to‘qqizta gol yozdirib qo‘ydi. 25 yoshli Xoland Premer-liganing sentyabr oyidagi eng zo‘r futbolchisi, deb topildi. Semeno esa, chempionat boshlanganidan beri raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!