
Xuan Manuel Markez promouterlik faoliyatini boshladi
To‘rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 45 yoshli meksikalik Xuan Manuel Markez promouterlikka kirishdi. U 12 iyul kuni Meksikada yangi tashkil etilgan "Marquez Promociones" kompaniyasi tomonidan o‘zining birinchi boks kechasini o‘tkazadi. Sobiq chempionning o‘g‘li Aldo, otasiga bu ishda yordam beradi. WBC prezidenti Mauritsio Sulaymon ham 2017 yilda o‘z faoliyatini yakunlagan sobiq chempionni qo‘llab-quvvatlab chiqdi.
Eslatib o‘tamiz: Xuan Manuel Markez fillipinlik bokschi Menni Pakyaoni daxshatli nokautga uchratgan yagona bokschi.
Fikrlar