
Xuan-Sebastyan Kabal va Robert Farax "US Open" g‘olibi
AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazilayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi "US Open" turnirining juftlik bahslarida g‘olib nomi aniq bo‘ldi.
Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarida kolumbiyaliklar Xuan-Sebastyan Kabal va Robert Farax turnir g‘olibiga aylandi.
Kabal va Farax so‘nggi hal qiluvchi uchrashuvda ispaniyalik Marsel Granolers hamda argentinalik Orasio Sebalosni 6:4, 7:5 hisobida mag‘lub etdi.
Fikrlar