Xulian Al’vares baribir "Barsa"da o‘ynaydi
«Barselona» Julian Al’varesni qo‘lga kiritadimi? Bu savol hozir ko‘pchilik futbol ishqibozlarini qiziqtirib turibdi.
Ispaniyalik jurnalist Jota Jordi hujumchi Julian Al’varesning kelajagi bo‘yicha yangi ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, «Atletiko» safida to‘p surib kelayotgan forvard baribir «Barselona»ga o‘tadi.
Avvalroq «Atletiko» klubi Al’varesni 150 million evrodan kamga sotmasligini ma’lum qilgan, «Barselona» esa bunday miqdorni to‘lashga tayyor emasdi.
Shu bilan birga, Julianing o‘zi «matraschilar»dan uni kataloniyaliklar safiga qo‘yib yuborishlarini so‘ragan. Ammo Madrid klubi rahbariyati argentinalik futbolchining iltimosini qat’iy rad etib kelayotgani xabar qilingan edi.

Fikrlar