Yamal Braziliyaga ketdi

  • 17 iyun, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumkor fubolchisi Lamin Yamal Braziliyaga yo‘l oldi. 17 yoshli futbolchi yozgi ta’tilining bir qismini shu erda o‘tkazadi.

Tecno

Ge.globo nashrining yozishicha, ispaniyalik yulduz ilgari “Barselona”da o‘ynagan mashhur futbolchi Neymar bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.Gap shundaki, Lamin Yamal bolaligidan  Neymarni kumiri, deb biladi va uning muxlisi hisoblanadi.

Yakunlangan mavsumda Lamin Yamal “Barselona” safida barcha turnirlarda 55 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 25 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Yil boshidan beri “Santos”da o‘ynayotgan Neymar esa, yurtiga qaytganidan keyin qadrdon jamoasi safida 14 marotaba maydonga tushib, uchtadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!