Yamal endi boshqa joyda o‘ynaydi

  • 19.08.2026 12:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ni ketma-ket ikki marta Ispaniya chempioniga aylantirgan germaniyalik bosh murabbiy Hans-Diter Flik jamoa yetakchisi Lamin Yamalarni yangi pozitsiyada sinab ko‘rishga qaror qildi.

Bu orqali murabbiy shtabi PSJga yo‘l olgan Ferran Torres o‘rnini qoplamoqchi. Klub hali uning o‘rniga yangi hujumchi xarid qilgani yo‘q. Shu sababli jamoa aniq markaziy hujumchisiz qolishi mumkin va Flik yangi variantlarni sinab ko‘rmoqda.

Barca Universal ma’lumotlariga ko‘ra, nemis mutaxassisi mashg‘ulotlarda Yamalarni “soxta to‘qqizlik” pozitsiyasida sinab ko‘rgan. O‘ng qanotda Karim Adeyemi, chap qanotda Entoni Gordon, “onlik” pozitsiyasida esa Fermin Lopes harakat qilgan.

“Barselona” hujum chizig‘idagi futbolchilar doimiy ravishda pozitsiyalarini almashtirib turadigan moslashuvchan taktik tuzilishdan foydalanishi ham mumkin. Bunga o‘xshash uslubni ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Luis Enrique boshchiligidagi PSJda kuzatish mumkin. Shunga qaramay, kataloniyaliklar yangi hujumchi sotib olish g‘oyasidan hali voz kechmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!