Yana bir yulduz Evropani tark etmoqda

  • 27.07.2026 07:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropadan tashqarida faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan hujumchi Jeydon Sanchoga Qatar klubi «Ar-Rayyan»dan jiddiy qiziqish bor. Foot Mercato nashri xabar berishicha, klub rahbariyati 26 yoshli vingerni o‘z safiga qo‘shib olishni  rejalashtirmoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, mamlakat chempioni bo‘lgan «Ar-Rayyan» Sanchoga rasmiy shartnoma taklif etgan. Hozircha qatarliklar angliyalik futbolchining javobini kutmoqda. 

Ilgari tarqalgan xabarlarda esa Sancho o‘z yurtida qolib, Angliya chempionatida o‘ynashni afzal ko‘rishi aytilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bu yozda Sancho «Manchester Yunayted»ni shartnomasi muddati tugagani sababli tark etdi. O‘tgan mavsumda u ijaraga asosda «Aston Villa» safida maydonga tushdi va barcha musobaqalar doirasida 39 o‘yin o‘tkazib, bir gol urdi hamda uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!