
Yangi musobaqa boshlandi
Mamlakatimizda yoshlarni sportga jalb qilish, ularning sport sohasida yurtimiz ravnaqini yanada yuksaltirishi uchun davlatimiz tomonidan ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ayniqsa, mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ib qilinyapti.
Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan "Yoshlik" sport majmuasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi start oldi.
Musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan kelgan 200 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun maydonga tushadi.
O‘yinlar joriy yilning 6 apreliga qadar davom etadi.
Fikrlar