"Сiti" yulduziga jiddiy xaridor chiqdi

  • 05.08.2026 08:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Nottingem Forest» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Tijani Reyndersga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida ma’lumotni insayder va sport jurnalisti Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.

Xabarga ko‘ra, «shaharliklar»ning yarim himoyachisi «Nottingem Forest»ning transfer ro‘yxatiga kiritilgan. Avvalroq futbolchiga «Nyukasl Yunayted» jamoasi ham da’vogarlik sifatida qayd etilgan edi.

«Nottingem Forest» mahoratli futbolchi uchun 55 million funt berishga tayyor. Niderlandiya terma jamoasi a’zosi doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyati tufayli bu taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda. U «o‘rmonchilar» bosh murabbiyi Oliver Glasner rejalariда muhim figura sifatida ko‘rilmoqda.

O‘tgan mavsumda Reynders barcha musobaqalar doirasida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!