"Yuventus" jamoa yulduzini ushlab qolmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi Kenan Yildiz bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Jurnalist Nikolo Skira bergan xabarga ko‘ra, "zebralar" turkiyalik futbolchiga yilliga 5 million evro maosh bilan birgalikda 5 yillik yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari shartnomada bonus pul mukofotlari ham mavjud.
20 yoshli futbolchining hozirda Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Yildiz joriy mavsum "Yuventus" safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritidi va 8 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar