"Yuventus" nimaga ishonmoqda?

  • 30 may, 2021, 17:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma Italiya A Seriyasida o‘ynashda davom etishi mumkin.

Tecno

"Yuventus" 22 yoshli darvozabonni erkin agent sifatida sotib olishiga ishonmoqda, deydi insayder Nikolo Skira. Boisi Donnarummaning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Mahoratli darvozabonga "Barselona" ham xaridor, ammo "Yuve" o‘tgan qishdan beri agent Mino Rayola bilan muzokara olib bormoqda va Janluijiga yiliga 10 million evro maosh bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.

Qayd etilishicha, “Yuventus”ning asosiy darvozaboni Voytsex Shensni APL klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Futbolchining agenti bu borada muzokaralarni boshlab yuborgan.

Donnarumma joriy mavsum A Seriyada 37 ta o‘yin o‘tkazdi va shularning 13 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!