“Yuventus” yarim himoyachisini ijaraga berdi
Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Rolando Mandragora 2017/18 yilgi mavsumni ijara asosida “Krotone” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
20 yoshli xavbek bir mavsumga ijaraga berildi. 2016 yil boshida “Yuventus” uni 6,5 mln evro evaziga “Jenoa”dan sotib olgan edi va yozga qadar “Peskara”ga ijaraga bergan edi.
O‘tgan mavsumda Mandragora “Yuventus” safida 1 o‘yinda maydonga tushgan edi.
Ma’lumot uchun, shu yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan yoshlar(U-20) o‘rtasidagi JChda ishtirok etgan Mandragora Italiya termasi safida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.



Fikrlar