"Yuventus"da yana murabbiy almashadimi?
"Yuventus" sport direktori Kristiano Juntoli jamoaga Tiago Motta o‘rniga kelgan murabbiy Igor Tyudorning kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Igor Tyudorning kelajagi? Aytaylik, u jamoaga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Har jihatdan yaxshi ish olib bormoqda. Tyudor biz bilan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi, keyin esa o‘ylab ko‘ramiz", - deya Juntolining so‘zlarini keltirdi Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Tyudor 2025 yilning mart oyidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. Hozirda, "Yuventus" A Seriyaning yakuniga 1 tur qolganda 67 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
"Keksa seniora" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "G"-guruhidan o‘rin olib, BAAning "Al-Ayn", Angliyaning "Manchester Siti" va Marokashning "Vidad" jamoalariga qarshi o‘ynaydi.
Ismoilov Rahimjon
Fikrlar