CHERY AUTO

"Nyukasl" Barella transferi uchun 50 million funt sarflamoqchi ekan yoki Meddison keladi. Ikkisi kelsa ham hayron qolmayman. Klubning ojiz nuqtasi aynan shu edi. Uillok, Joelinton kabi asli vinger bo‘lgan futbolchilar mavsum davomida ko‘p hollarda yarim himoyada o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Klub bog‘lamlarda aktiv futbolchi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi. Muammo aniq. Transfer ham shunga yarasha. Pul borasida uncha-muncha top klublarni qo‘shib hisoblasa ham "evoradigan" "qarg‘alar" yozgi transferlarga katta pul sarflamasligi ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, rahbariyat 75 million funt ajratar ekan. To‘g‘ri qaror. Kuchli klub favqulotda qilingan o‘zgarishlar tufayli vujudga kelmaydi. Asta-sekinlik bilan, sabr bilan. Muammo aniqlanadi va shunga yarasha tashxis qo‘yiladi.

Tecno

Top futbolchilarni qalashtirib tashlab, ko‘zlangan natijaga erishilmasa, bu tanqidga olib keladi. Ortiqcha bosim ham shunday holatlarda vujudga keladi. Bunday  o‘zgarishlar ko‘p hollarda ish bermagan. "Galaktikos" paytida ham. PSJda bir necha yillardan beri. Dembele, Koutino, Grizmannlarni salkam yarim milliard pul sarflab sotib olgan "Barselona" bilan ham, shuningdek, bu mavsumdagi "Chelsi"da ham.

phil

"Nyukasl" to‘g‘ri yo‘lda. Jamoa qurilaveradi. Kerakli "materiallar" vaziyatga qarab olib kelinadi. Risksiz. Xotirjamlik bilan.

Pul borida kartoshka, piyozni g‘amlash kerak, deb aytardi bir yoshi katta tanishim. O‘zi ham shunday qilardi. Yarim qop kartoshka chirib, qolib ketardi. Kartoshkani pulini alohida olib qo‘yib, kunora 1-2 kilo olib kelib turish kerak, erinmasdan. "Zato, svejiy".

eddi hau




                                                                                                                                                 
                                                                                                                                                            Xudayqulov KARIM

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!