"Zenit" o‘z stadionining nomini o‘zgartirdi
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi o‘zining uy stadioni nomini o‘zgartirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra bungacha “Sankt-Peterburg Arena” deb nomlangan stadion bundan buyon “Gazprom Arena” deb ataladi. Ta’kidlash kerakki, aynan Gazprom kompaniyasi "Zenit"ning bosh homiysi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bu o‘yingoh Evropadagi eng qimmat o‘yingoh hisoblanadi. Uning qurilishi uchun jami 43 milliard rubl mablag‘ sarflangan. U o‘z bag‘riga 64 ming 287ta ishqibozni sig‘dira oladi. U 2016 yilning 29 dekabr kuni foydalanishga topshirilgan. Ushbu arenada 2017 filgi Konfederatsiyalar kubogi va 2018 yilgi Jahon chempionati bahslari o‘tkazilgan.



Fikrlar