Zoʻr! Ferran Torresning PSJdagi maoshi oshkor boʻldi
PSJ jamoasi hujumchisi Ferran Torresning maoshi miqdori maʼlum boʻldi. Bu haqida Frantsiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, ispaniyalik futbolchi Parij klubida bir mavsum uchun 17 million yevro ish haqi oladi. Shu tariqa u jamoada eng koʻp maosh oladigan futbolchilar orasida oltinchi oʻrinni egallagan.
Eslatib oʻtamiz, Ferran Torres shu yozda «Barselona» tarkibidan PSJga 48 million yevro evaziga oʻtgan edi. Uning Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar