
Zo‘r o‘ynasa, narx oshar ekan!
Transfermarkt portali ekspertlari Frantsiya chempionatida mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan bir necha charm to‘p ustalarining transfer bahosini ko‘tardi.
Liga 1 vakillari orasida narxi eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchi PSJ yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri bo‘ldi. Uning transfer summasiga 30 million evro qo‘shildi va endi bu futbolchi 50 million evro turadi.
Ikkinchi o‘rinda Parij superklubi yaqinda qo‘lga kiritgan hujumchi Bredli Barkola qayd etilgan.Uning narxi 17 millionga ko‘tarilib, bundan buyon 35 million evro ekani qayd etildi.
Ta’kidlash lozimki, Frantsiyada mavsum kashfiyotlaridan biri bo‘lgan Uorren Zair-Emeri Angliya chempioni “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvadiola nazariga tushgan.
Fikrlar