
“Uzbek Tigers” va “Caciques Venesuela” tarkibida o‘zgarishlar kuzatildi
Xabaringiz bor, “Uzbek Tigers” jamoasi guruhdagi 5-6-tur uchrashuvlarini Termiz shahrida Venesuelaning “Caciques Venesuela” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bunga Venesueladagi notinch vaziyat sabab bo‘lgan va tomonlar har ikki uchrashuvni ham O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishilgan.
Unga ko‘ra, 6-7 aprel kunlari bo‘ladigan janglarga “Alpomish” sport saroyi mezbonlik qiladi. Biroq jangga bir necha kun qolganda tarkiblarda o‘zgarishlar kuzatildi.
“Uzbek Tigers” (S1 guruhida) tarkibida 49 kg vaznda Mironshoh Ibragimov o‘rniga Nodirjon Mirzaahmedov ringga ko‘tarilsa, 64 kg vaznda Iqboljon Xoldorov o‘rnini Aliyor Noraliev egallaydi.
Shuningdek, mehmonlar tarkibida 75 kg vaznda bokschimiz Isroil Madrimovga qarshi chiqishi kutilgan Endryu Saavedra Pinto o‘rniga Keybar Gonsales tushsa, 91 kg vaznda Albert Ramires o‘rniga Bello Dias jang qiladi. Bu bokschi hamyurtimiz Sanjar Tursunovga bilan kuch sinashadi.
S1 guruhi janglari soat 19:00da boshlanadi
49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Polanko Vaskes
56 kg: Shahobiddin Zoirov – Yoel Finol
64 kg: Aliyor Noraliev – Kristian Palasio
75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales
91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias
S2 guruhida o‘zgarishlar yo‘q va janglar soat 22:00da boshlanadi
52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas
60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera
69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziev — Nalek Korbaj
+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes
Fikrlar