Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Bunyodkor-2002” tayyorlov guruhlari g‘olibi!

Isayev Bekzod
Izohlar: 0

Oliy va Birinchi liga klublarining tayyorlov guruhlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqaning Respublika final bosqichi yakunlanib bormoqda.

Andijon shahrida 2002-2003 yillarda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada g‘olib va sovrindovlar aniqladi. Bu haqda “Bunyodkor” klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

3-o‘rin uchun kechgan bahsda “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari Xaqqulobodning “Norin” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Musobaqa g‘olibligi uchun “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari mezbonlar “Uz Dong Ju” jamoasi vakillari bilan kuch sinashishdi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda Sergey Chigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi bunyodkorchilar 2:0 hisobida g‘olib chiqishdi va 2016 yilgi tayyorlov guruhlari turniri bosh sovrinini qo‘lga kiritishdi.

Turnir yakuniga ko‘ra, "Bunyodkor" vakillaridan Mo‘’min Qodirov - eng yaxshi darvozabon, Jasul Jaloliddinov - eng yaxshi futbolchi hamda eng ko‘p gol urgan to‘purar nomiga sazovor bo‘lishdi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan jamoa murabbiylari va futbolchilarni tabriklaymiz.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q