Ushbu foydalanuvchi shartnomasi (keyingi matnda – “Shartnoma”), http://sports.uz manzili bo‘yicha ish olib boradigan SPORTS.uz internet axborot Portali (keyingi matnda – “Portal”) foydalanish shartlarini belgilaydi. Portaldan foydalanish davomida, foydalanuvchi Shartnomada yozilgan barcha shartlarga rioya qilishga majbur. Agar ushbu shartnomaga rioya qilmasa O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi doirasida shaxsan o‘zi barchasiga javobgar hisoblanadi. Shartnoma istalgan vaqtda o‘zgarishi mumkin, Shartnomaning yangi matni saytda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
- Shartnoma mavzusi
1.1. Foydalanuvchi Portalda ro‘yxatdan o‘tish imkoniga ega. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish shartlaridan biri haqiqiy ma’lumotlarni, ayniqsa ish faoliyatidagi telefon raqamini kiritish.
1.2. Ro‘yxatdan o‘tish davomida istalgan nomni (yagona sharti, boshqa foydalanuvchida bu nom bo‘lmasligi kerak) va parolni tanlashi mumkin. Foydalanuvchi o‘z parolini sir saqlashi va uni uchinchi shaxslarga bermaslikka majbur.
1.3. Shartnoma Portaldagi ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirgach va telefon raqami yozilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
- Portal mazmuni va unga kirish huquqi.
2.1. SPORTS.uz o‘zbek va jahon sporti va futbol yangiliklari, shuningdek ularga doir suratlarni, videolarni va futbol statistikasini chop etuvchi sport portali hisoblanadi.
2.2. Portal sahifalarida reklama bannerlari bo‘lishi mumkin. Aniq bir sahifada bannerning mavjudligi, va u qanday hajmda ko‘rsatilishi bo‘yicha qarorni Portal ma’muriyati qabul qiladi.
- Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
3.1. Har bir foydalanuvchi o‘zining huquq va majburiyatlariga qat’iy amal qilishga majbur. Foydalanuvchi tomonidan Portal sahifalarida amaldagi qonunchilikni buzishga, millatlararo hamda dinlararo nizoni keltirib chiqarishga qaratilgan, irqchilik ruhidagi, shak-shubhasiz yolg‘on, haqorat, beadab va axloqsiz xabarlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni joylashtirish ta’qiqlanadi. Foydalanuvchi Portaldan turli yoshdagi shaxslar foydalanishini hisobga olishi lozim. Foydalanuvchi Shartnomasining ushbu bandi buzilsa, har bir foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi doirasida shaxsan o‘zi javobgarlikka tortiladi.
3.2. Portal sahifalarida ma’lumotlarni joylashtirayotgan foydalanuvchi, bu ma’lumotlar uchinchi shaxslarni huquqlarini buzsmasligini va uchinchi shaxslarning mulki emasligini kafolatlaydi. Shunday qilib, foydalanuvchi o‘zi joylashtirgan ma’lumot, o‘zini tutishi, shuningdek sud jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy harajatlar bo‘yicha to‘liq javobgarlikni va barcha da’volarni o‘z bo‘yniga oladi.
3.3. Foydalanuvchi tomonidan Portalni buzishga, yoki undan foydalanishni qiyinlashtirishga qaratilgan har qanday harakatlar ta’qiqlanadi. Shu xildagi har qanday harakatlar fuqaroviy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ayniqsa, ta’qiqlangan xarakatlarga Portalning jismoniy hamda mantiqiy tuzilishiga ta’sir etuvchi xarakatlar, shuningdek ma’lumotlarni avtomatik qo‘lga olish, ko‘chirish va yuborish, shu jumladan turli mexanik va dasturiy vositalar hamda skriptlardan foydalanish kiradi.
3.4. Portalda uchinchi shaxslarni, ularning xabarisiz va roziligisiz ro‘yxatga olish ta’qiqlanadi.
- Foydalanuvchi tomonidan joylashtiriladigan xabarlar
4.1. Foydalanuvchi ushbu Shartnomaning 3.1 va 3.2 bandlarini buzmagan holda saytda yangiliklarga fikr bildirish orqali xabarlar qoldirishi mumkin.
- Foydalanuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan jarimalar
5.1. Portal ma’muriyati Shartnoma shartlarini buzuvchi ma’lumotlarni ogohlantirishsiz o‘chirish, hamda foydalanuvchilarga nisbatan quyidagi jarimalarni qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qoladi:
- ikkinchi qoida buzilishi – foydalanuvchini 1 haftaga blokirovka qilish;
- ikkinchi qoida buzilishi – foydalanuvchini umrbod blokirovka qilish.
Blokirovka qilingan foydalanuvchi tizimga kirishi (avtorizatsiya) mumkin, ammo saytda fikr bildira olmaydi.
- Shartnomaning amal qilish va uni bekor qilish muddati
6.1. Shartnoma, tomonlardan biri – foydalanuvchi yoki ma’muriyat, uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilmagunicha amal qiladi.
6.2. Foydalanuvchi Shartnomani o‘z xohishi bilan bekor qilish huquqiga ega. Buning uchun Portalda mavjud bo‘lgan qayta aloqaga chiqish formasi orqali qo‘llab quvvatlash xizmatiga Shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yozilgan xatni yozishi kerak.
6.3. Portal ma’muriyati, foydalanuvchi tomonidan Shartnoma shartlari bir necha bor buzilsa, Shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.
- Yakuniy qoidalar
7.1. Portal ma’muriyati istalgan vaqtda Portalning mazmuni va tuzilishini o‘zgartirish huquqiga ega.
7.2. Portal ma’muriyati istalgan vaqtda ushbu Shartnomaning shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega.
7.3. Ushbu shartnoma Internet tarmog‘ida, quyidagi manzil bo‘yicha keltirilgan:
- ўзбек тилида - http://sports.uz/rules
- o’zbek tilida - http://sports.uz/oz/rules
- рус тилида - http://sports.uz/ru/rules
- Ingliz tilida - http://sports.uz/en/rules
2018 yil iyul holatiga ko‘ra