Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

UEFA “Barselona”ni jarimaga tortdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Bunga "Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning harakatlari sabab bo‘lgan

UEFA Evropa Chempionlar Ligasining umumiy bosqichining 7-turidan o‘rin olgan "Slaviya"ga (2:4) qarshi o‘yin natijasiga ko‘ra, "Barselona"ga 30,5 ming yevro jarima belgiladi. Bu haqida tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.

"Ko‘k-anorranglilar" o‘z muxlislari tomonidan olov yoqish uchun 15,5 ming yevro to‘lashlari kerak. Kataloniya klubi maydonga chiqishni kechiktirgani uchun yana 15 ming yevro jarimaga tortildi. Ta’kidlanishicha, bunga "Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning harakatlari sabab bo‘lgan, u UEFA tomonidan ogohlantirilgan va bu jazoga aylanishi mumkin.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra, "Barsa" 16 ochko jamg‘arib, beshinchi o‘rinni egalladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q