Abbos Rahmonov ham ilk davrada mag‘lub bo‘ldi

BEPUL PROPAN

Vengriya poytaxti Budapeshat shahrida sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Kun taqvimidan o‘rin olgan erkin kurash bo‘yicha -61 kg vazn toifasidagi polvonlar bahsda hamyurtimiz Abbos Rahmonov eronlik Muhammadbag‘ir Ismoil Yaxeshiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eron vakilining ustunligida o‘tgan bellashuvda 7:0 hisobi qayd etildi. Qayd etish lozim, agarda fors o‘lkasi vakili musobaqaning final bosqichiga qadar etib boradigan bo‘lsa, Rahmonovda bronza medali uchun kurashish imkoniyati tug‘iladi. Buning uchun Yaxeshi avvalo, kubalik Yovlis Bonn Rodrigezni mag‘lub etishi lozim.

Ma’lumot o‘rnida, oldinroq -74 kg vazn toifasidagi vakilimiz Bekzod Abdurahmonov ham gruziyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!