Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Albina Afrikada zafar quchmoqda

Izohlar: 0
Tennis bo‘yicha Tunisda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Albina Xabibulina asosiy to‘r bellashuvlarini ham g‘alaba bilan boshladi.
Turnirning saralash musobaqalaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hamyurtimiz asosiy to‘rning dastlabki bosqichida chexiyalik Monika Kilnarovaga qarshi kortga chiqdi. Qariyb ikki yarim soat davom etgan bellashuvda Albina kuchli raqib ustidan 6:4, 3:6, 6:4 hisobida g‘alabaga erishdi.
Keyingi davrada o‘zbekistonlik tennischi ikkinchi raqamda saralangan frantsiyalik Jadi Suvrijn bilan kuch sinashadi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q