Mettyu Ebden ikkinchi davrada
Zohir2018
"Sofia Open" turnirida birinchi davra bahslari boshlandi
Avstraliyalik tennischi Mettyu Ebden Sofiya shahrida o‘tayotgan ATR turnirining birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Mettyu asosiy to‘r bahslarining ilk bosqichida Adrian Andreevni uch setda, – 6:3, 4:6, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "Sofia Open" turnirining ikkinchi bosqichida Ebden ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.


Izohlar (0)