Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Sidneydagi sovrin Britaniyaga ketdi

Izohlar: 0
Avstraliyaning Sidney shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan nufuzli turnir g‘olibasi aniqlandi.
Mukofot jamg‘armasi 710900 AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning finalida ikkinchi raqamda saralangan polshalik Agneshka Radvanska britaniyalik Yoxanna Konta bilan raqobatlashdi.
Bosh sovrin uchun bo‘lgan bahsda britaniyalik tennischi mashhur raqibasidan hayiqmay o‘ynadi. Agneshka esa hujumkor o‘yin ko‘rsatgan Kontaga hech qanday qarshilik qilolmadi. Natijada finalda 6:4, 6:2 hisobida zafar quchgan Yoxanna Konta mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
SPORTS.uz
Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q