Timea Bachinski ham "Rolan Garros"dan ketdi

  • 26 may, 2018, 18:18
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ertaga Parij shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" musobaqasiga start beriladi. Mazkur turnir tashkilotchilari joriy yilgi musobaqada sovrin jamg‘armasini 39.197.000 evro etib belgilashdi.

Tecno

Bu yilgi Frantsiya ochiq chempionatida shveytsariyalik tennischi Timea Bachinski ham ishtirok etishi kerak edi. Biroq turnirga bir kun qolganda ishtirok etmasligi haqida xabar berdi.

Uning bu qarorga kelishiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas. Uning o‘rniga asosiy to‘rga "laki-luzer" chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!