Yasmina Karimjonova hamda Milana Maslenkova chorak finalda
Farg‘ona shahrida qizlar o‘rtasida o‘tayotgan "Fergana Open" turnirida yosh tennischilarimiz Yasmina Karimjonova hamda Milana Maslenkova chorak finalga chiqdi.
Musobaqaning ikkinchi davrasida Milana rossiyalik Anastasiya Zolotarevani 6:2, 6:1, Yasmina esa turkiyalik Doga Turkmenni 6:1, 5:7, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Yasmina chorak finalda yana bir rus tennischisi Alina Lebedeva bilan, Milana esa qozog‘istonlik Ekaterina Dmitrichenko bilan bahslashadi.

Fikrlar