
Daniil Medvedev eng kuchli tennischini engdi
AQShning Ogayo shtati Tsintsinatti shahrida "Masters" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirda yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi.
Unda rossiyalik Daniil Medvedev final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda serbiyalik Novak Jokovichni 3:6, 6:3, 6:3 hisobida taslim etdi.
Endi Medvedev "Western & Southern Open" musobaqasining so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida belgiyalik David Goffenga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar