Pablo Karreno-Busta Barselonada engildi

Ispaniyalik Pablo Karreno-Busta Barselona shahrida Professional tennischilar tomonidan tashkil etilgan musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Pablo ushbu bosqichda frantsiyalik Benua Perga qarshi kortga chiqib, kutilmaganda uch setda 4:6, 7:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Endi Benua "Barcelona Open Banc Sabadell" turnirining chorak finalida argentinalik Gvido Pelyani sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!