Rojer Federer ham Parijda olg‘a bormoqda
Zohir2018
Rojer tuproq qoplamali kortlarni sog‘inganga o‘xshaydi
Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer Frantsiya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida germaniyalik Oskara Otte bilan raqobatlashdi.
Parij shahrida o‘tayotgan "Rolan Garros" turnirining mazkur bahsida Rojer raqibini 6:4, 6:3, 6:4 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi ushbu turnirning uchinchi davrasida Federer norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi kortga chiqadi.


Izohlar (0)