Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

100 million evrolik yulduzni olamiz

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yaxshi o‘yinchi e’tibordan chetda qolmaydi

Angliya Premer-ligasidagi yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan Londonning “Tottenxem” jamoasi ham muntazam tarkibini kuchaytirib borishga harakat qilmoqda.

“Shporlar” transfer nishonlari ro‘yxatiga “Brayton” yarim himoyachisi Karlos Balebani ham kiritdi. Bu o‘yinchini olish uchun londonliklar “Manchester Yunayted” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.  

Caught Offside xabar berishicha, 21 yoshli futbolchining joriy mavsum boshida o‘yini pasayganiga qaramay, “Brayton” uning potentsial transfer narxini 100 million evrodan tushirgani yo‘q.

Transfer bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, bu summa “Tottenxem”ga og‘irlik qilishi mumkin va shu bois, “shporlar” puxta o‘ylangan transfer siyosatini yuritishi talab etiladi.

Joriy mavsumda kamerunlik yarim himoyachi barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda ishtirok etgan, ammo samarali harakatlarni amalga oshirgani yo‘q.

Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million evroga baholangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q