Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Сити" 140 million evrolik rekord transferni uddaladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu klub tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ladi

«Nottingem Forest» jamoasida to‘p surib kelayotgan markaziy yarimhimoyachi Elliot Anderson faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettiradi. Bu haqida Purple Panel nashri o‘z manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, klublar Andersonning transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. «Manchester Siti» 23 yoshli futbolchi uchun 138 million yevro to‘laydi. Shu tariqa, ushbu bitim «shaharliklar» tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi, Angliya premer-ligasida esa narxi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Yaqin kunlarda Anderson AQShda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng u «Manchester Siti» bilan besh yillik shartnoma imzolaydi, shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

O‘tgan mavsumda Anderson klub darajasida 50 o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va beshta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q