
20 yoshli bokschi sparringda jarohat olib vafot etdi
Filippinlik bokschi Jeffri Klaro mashg‘ulotlar vaqtida olingan jarohat sababli hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar beradi Rappler nashri. 20 yoshli sportchi sparring paytida yiqilgan va shundan so‘ng gospitalga etkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Klaroni davolash uchun neyroxirurg kerak bo‘lgan va shuning uchun xususiy klinika olib kelingan. U erda koma holatiga tushib, vafot etgan. Avvalroq filippinlik bokschi bosh miya tomografiyasini topshirgan va o‘shanda hech qanday muammoga duch kelmagan.
U faoliyati davomida 5 jang o‘tkazib, atigi bir marta g‘alaba qozongan.
Fikrlar