ЖЧ-2014нинг энг яхши тўпурари "Atletiko Nasional"га ўтди
Xames Rodriges Kolumbiyaning yetakchi klublaridan biri "Atletiko Nasyonal" bilan shartnoma imzoladi.
Kolumbiyaning mashhur yarimhimoyachisi Xames Rodriges mamlakatning yetakchi jamoalaridan biri – "Atletiko Nasyonal" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnoma muddati ochiqlanmagan.
35 yoshli Rodriges joriy yil fevral oyidan buyon AQShning Bosh futbol ligasida ishtirok etuvchi "Minnesota" klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Undan oldin u Portugaliyaning "Portu", Fransiyaning "Monako", Ispaniyaning "Real", Germaniyaning "Bavariya", Angliyaning "Everton", Gretsiyaning "Olimpiakos", Braziliyaning "San-Paulu" va Meksikaning "Leon" jamoalarida to'p surgan.
"Real" tarkibida Rodriges ikki marta Ispaniya chempioni bo'lgan, shuningdek, Yevropa chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi sohibiga aylangan. "Bavariya" safida esa ikki bor Germaniya chempioni unvonini qo'lga kiritgan.
Kolumbiya terma jamoasi bilan Xames Rodriges 2014 yildgi jahon chempionatida 6 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'lgan. Shuningdek, u Kubok Amerikasi 2016 yilda bronza, 2024 yilda kumush medallarini qo'lga kiritgan.

Izohlar (0)