La Liga, 15-tur. "Granada" va "Malaga" jangovar durang qayd etdi
Ispaniya chempionati 15-tur ilk o‘yinida "Malaga" jamoasi o‘z maydonida "Granada" futbolchilarini qabul qildi. Qiziqarli kechgan o‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida "Malaga" a’zosi Kamacho hisobni ochgan bo‘lsa, 81-daqiqada Kravets muvozanatni tikladi.
Malaga – Granada 1:1
Gollar: Kamacho, 24 – Kravets, 81
Malaga: Boyko – Rosales, Diego Lorente, Vilyanueva, Migel Torres – Fornals, Kamacho – Ontiveros, Anor (Duda, 64), Xuan Karlos – Sandro Ramires
Granada: Ochoa – Tito (Kuenka, 73), Lomban, Soner, Gabriel Silva – Agbo (Bueno, 60), Samper, Andreas Pereyra – Boga, Kravets, Karsela (Ponse, 68)
Ogohlantirishlar: Migel Torres, Fornals, Vilyanueva – Tito, Agbo, Soner, Lomban, Kuenka
Fikrlar