250 million evroga APLning uch yulduzini olamiz!
Maqsad jiddiy
Saudiya Arabistonining eng qudratli klublari yozgi transferlar davrida Evropada porlayotgan o‘yinchilarni o‘z chempionatlariga olib ketishga harakat qiladi.
Bir necha manbalarning yozishicha, “Al-Hilol” va “Al-Ahli” tarkibini kuchaytirish maqsadida Angliya Premer-ligasidan uch nafar futbolchini transfer qilish uchun umumiy hisobda 250 million evro miqdorida pul sarflashga tayyor.
“Al-Hilol”ning yozdagi asosiy nishoni Yuri Tilemans bo‘ladi. “Aston Villa”da o‘ynayotgan belgiyalik yarim himoyachini olish uchun shayxlar 45 million evro tikishni mo‘ljallayapti.
Bundan tashqari, “Al-Hilol” rahbarlari “Nyukasl”dan Brunu Gimaraynshni olib ketmoqchi. Arablar bu transfer o‘ta qiyinligiga qaramay, braziliyalik o‘yinchi uchun rekord summa – 140 million evro xarajat qilishga rozi bo‘lgan.
“Al-Ahli” esa, e’tiborini “Manchester Yunayted” sardori Brunu Fernandeshga qaratdi. Ular portugaliyalik o‘yinchi uchun Angliya klubiga 65 million evro taklif qilyapti.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Al-Hilol” va “Al-Ahli” rejalashtirilgan transferlarni amalga oshira olsa, bu uch futbolchining kelishi Saudiya Arabistoni professional ligasi imijini yangi bosqichga ko‘taradi.
Izohlar (0)