Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

3 tennischimiz ham kurashni yakunladi

Izohlar: 0

Ayni kunlarda Belarus poytaxti Minsk shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir davom etmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning yakkalik bahslarida ishtirok etayotgan har uchchala tennischimiz bugun ikkinchi davra o‘yinlarida maydonga tushishdi.

Dastlab, Shonig‘mat Shofayziev mezbonlar vakili Dimitriy Jirmontga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni 2:6 hisobida boy bergan hamyurtimiz ikkinchi setda 0:2 hisobida ortda qolayotgan paytda o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.

Xumoyun Sultonov esa ukrainalik Vladislav Manafov bilan kuch sinashdi. 1 soat 38 daqiqa davom etgan o‘yinda raqib tennischisi 6:4, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Temur Ismoilov esa mezbonlar vakili Mikalai Xaliak bilan kuch sinashdi. 1 soat 31 daqiqa davom etgan o‘yin Xaliakning 6:4, 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q