36 yoshli Henderson "Chelsi"ga o‘tdi
Jordan Henderson erkin agent sifatida «Chelsi» bilan 2028 yilgacha shartnoma imzoladi.
Markaziy yarim himoyachi Jordan Henderson endi Londonning «Chelsi» jamoasi sharafini himoya qiladi. Insayder Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berishicha, angliyalik futbolchi erkin agent sifatida «ko‘klar» safiga qo‘shilgan. Tomonlar ikki yillik shartnoma imzolagan, u 2027/2028 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.
36 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni «Brentford» tarkibida o‘tkazdi. U barcha musobaqalar doirasida jamoa uchun 34 o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi. Hendersonning ilgariqi faoliyatida «Ayaks», Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» klubi, shuningdek, «Liverpul» va «Sanderlend» jamoalari bor.
Tajribali yarim himoyachi yakunlangan 2026 yilgi jahon chempionatida bronza medali sohibi bo‘ldi. U musobaqa davomida biror marta maydonga tushmagan bo‘lsa-da, chorak finalga chiqishni nishonlash paytida qo‘lini noqulay tarzda jarohatlab olgani bilan muxlislar yodida qoldi.

Izohlar (0)